Yangiliklar

Uzbekistan Airports Yevropa aeroportlari xalqaro kengashiga qo‘shildi

ACI Europeʼga a’zo bo‘lish xalqaro sheriklar bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi
Foto: UzAirways

Uzbekistan Airports Yevropa aeroportlari xalqaro kengashi (ACI Europe) aʼzosi boʻldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kengash dunyo boʻylab taxminan ikki ming aeroport operatorlarinini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

ACI Europe oʻz a’zolarining manfaatlarini himoya qilish, aviakompaniyalar va nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish hamda aviatsiyaning barqaror rivojlanishi va aeroportlarda xizmat koʻrsatish standartlarini oshirishga koʻmaklashadi. A’zolik Uzbekistan Airports kompaniyasiga resurslar, tajriba va professional tarmoqdan foydalangan holda Oʻzbekiston aeroportlarida xizmat sifati va xavfsizlikni yaxshilash imkonini beradi.

«ACI Europeʼga a’zo boʻlish xalqaro sheriklar bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi va Oʻzbekiston aeroportlarining jahon aviatsiya sohasidagi oʻrnini mustahkamlaydi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston aeroportlarida yoʻlovchilar oqimi 2,5 barobar oshgani haqida yozgan edi.