Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2025 – 2027-yillarga moʻljallangan byudjetnomasida dollar kursining keyingi yil uchun oʻrtacha yillik qiymati 13250 soʻmga belgilanishi ko‘zga tashlandi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov post joyladi.
Unga ko‘ra, 2026-yil uchun 13 725 so‘m, 2027-yil uchun esa 14 150 so‘m qiymatda bo‘lishi qayd etilgan. Ushbu qiymat mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va inflyatsiya darajasini o‘lchashda ahamiyatlidir.
Shuningdek, 2023-yil uchun norasmiy va yashirin iqtisodiyot hisobga olinganida YAIM hajmining $101,5 mlrd qilib qayta baholanishi iqtisodiyotning real holatini yanada aniqroq aks ettirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil yakunigacha dollar kursi qay darajada o‘zgarishi haqida eksport fikrini e’lon qilgan edik.