Hindistonlik muhandis Dhruv Loya Ilon Maskning Tesla kompaniyasiga ishga joylashdi. Bu haqda Mint nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, u 300 dan ortiq arizalar, 500 dan ortiq elektron pochta xabarlari yuborgan va besh oy davomida o‘nta intervyudan so‘ng Tesla kompaniyasidan taklif oldi.
«Men ijara shartnomam, sogʻliq sugʻurtamni yoʻqotib qoʻydim va AQShni tark etishga majbur boʻlishim mumkinligini bilgan holda viza muddatimdan samarali foydalanishga harakat qildim. Bir necha oy davomida do‘stlarimning uylarida yashab yurdim, matraslarda uxladim va har bir tiyinimni tejadim. Bugun men sabrim mevasini ko‘rishdan xursandman – men Tesla kompaniyasida texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis sifatida to‘liq stavkada ishga olindim!», – deydi Loya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla haydovchisiz harakatlanuvchi Robovan mikroavtobusini taqdim etgan edi.