Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti Toshkentda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bortidagi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli
                    
                            
Lufthansa aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi Toshkent aeroportiga soat 08:13 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashib, qon bosimi beqarorlashgani sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga joylashtirilgan.
Samolyot soat 10:04 da Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda qo‘ngani haqida yozgan edik.
