O‘zbekiston sun’iy intellekt rivojlangan 50 ta mamlakat qatoriga kiradi

eʼlon qilindi
2030-yilga qadar
Foto: Andrewlozovyi/Depositphotos.com

Prezident qaroriga ko‘ra, 2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Lex.uz portalida ma’lum qilindi.

Ushbu strategiyaning maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyotda sun’iy intellektni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Strategiyada quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan: sun’iy intellekt asosida dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini $1,5 mlrd.ga yetkazish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sun’iy intellekt xizmatlari ulushini 10 foizga oshirish, ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish va O‘zbekistonni sun’iy intellektga tayyor 50 ta mamlakatlar qatoriga kiritishdir.

Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazasi shakllantiriladi. Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratiladi.

2025-yildan boshlab $50 mln.ni foizsiz kredit shaklida ajratish, shuningdek, «katta ma’lumotlar» bazasini yaratish uchun ham ko‘rsatmalar belgilandi.

Bu strategiya, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, bank, sog‘liqni saqlash va energetika kabi sohalarda sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha konkret loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq videoni animatsiyaga aylantiruvchi sun’iy intellekt yaratilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek