Navoiy viloyatida Misr kompaniyasi $2 millionlik loyihani amalga oshirmoqda
eʼlon qilindi
loyihaga $700 ming to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan
Misrning In2Metals kompaniyasi Navoiy viloyatidagi mis konini oʻzlashtirish loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyihaga $700 ming to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni kamida 2 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Joriy yil sentabrda boshlangan loyihada 1400 metrlik burgʻilash va 1700 metr kanava kavlash ishlari olib borildi, laboratoriya tahlillari uchun 1500 dona probalar olindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarishni kengaytirish uchun $150 million jalb qilgani haqida yozgan edi.