18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish jarimaga sabab boʻladi – Adliya vazirligi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha
Foto: a_medvedkov / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish taqiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunchilikka koʻra, energetik ichimliklarni 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:

  • Fuqarolarga Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha);
  • Mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 625 ming soʻmdan 5 mln 625 ming soʻmgacha).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YTTB Oʻzbekistondagi energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonaga 15 million yevro ajratishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek