Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishi birinchi 5 – 7-yil ichida iqtisodiy oʻsishni 17 foizga oshirishi mumkin. Bu haqda prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov ma’lum qildi.
26-oktabr kuni Jahon banki bilan Vashingtonda JSTga a’zo boʻlish masalasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar tashqi savdoni kengaytirish va ochiq ishbilarmonlik muhitini yaratish afzalliklarini muhokama qildi.
Sentabr oyida Oʻzbekiston 18 davlat bilan Tashkilotga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni yakunladi va Braziliya hamda Shri-Lanka bilan protokollar imzoladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotining (JST) 2026-yil Kamerunda boʻlib oʻtadigan sammitiga qadar tashkilotga a’zolik jarayonini yakuniga yetkazishni maqsad qilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov ekanini ta’kidlagan edi.