Toshkentdagi qozonxonalarning qariyb 13 foizi kapital ta’mirlandi – Veolia Energy

eʼlon qilindi
Kompaniya tez orada Toshkentda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qildi
Foto: samael334.gmail.com / www.depositphotos.com

Toshkent shahridagi qozonxonalarning qariyb 13 foizi kuz–qish mavsumi uchun kapital ta’mirlandi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Bundan tashqari, issiqlik mavsumi uchun Toshkent shahrida 76 kilometr issiqlik quvurlari almashtirilib, qariyb 1,3 kilometri yer ostiga yotqizildi. 100 dan ortiq nasos stansiyalari ta’mirlanib, 12 tasi toʻliq ta’mirlandi.

Shuningdek, kompaniya qishki mavsum uchun zarur boʻlgan materiallarni 100 foiz tayyorlab qoʻyganini ma’lum qildi. Veolia Energy ma’lumotlariga koʻra, tez orada Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxtda issiq suv va isitish uchun tariflar 15 foizga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek