AQSh O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi

eʼlon qilindi
Muzokaralar 14 oy davom etdi
Foto: Azizbek O‘runovning LinkedIn sahifasidan

AQSh bilan O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar ijobiy yakunlandi. Bu haqda prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov o‘z LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, AQSh va O‘zbekistonning bu boradagi muzokaralari 14 oy davom etgan. Vakilimizga muzokaralar jarayonida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov ham ko‘maklashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi iqtisodiy oʻsishni 17 foizga oshirishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek