Yangiliklar

Davaktiv ikkita mehmonxona va bitta sport faoliyati bilan shug‘illanadigan kompaniyani sotuvga qo‘ydi

Arizalar 2024-yil 29-noyabr soat 18:00 gacha qabul qilinadi
Foto: tashatuvango / Depositphotos.com

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Xiva Plaza», «Xiva Lokomotiv» va «Invest Group Centre» MChJlarning ustav kapitalidagi 100 foiz ulushlariga ochiq savdo jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi.

Unga koʻra, «Xiva Plaza» va «Xiva Lokomotiv» aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of Interest) uchun arizalar 2024-yil 29-noyabr soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan) gacha qabul qilinadi. Arizalar info@rsm.uz elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.

«Invest Group Centre» MChJ aktivlarni xususiylashtirish boʻyicha esa arizalar munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, «Invest Group Centre» MChJ turli xil sport turlariga mo‘ljallangan sport inshootlarini boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davaktiv Toshkentdagi Ibn Sino bozorini sotuvga qoʻygani haqida xabar bergan edi.