Ispaniya qiroli tuxumlar bo‘roni ostida qoldi – video

eʼlon qilindi
Ayni damda halok bo’lganlar soni 214 nafar
Foto: Manaure Quintero/AFP/Getty Images

G‘azablangan aholi Ispaniya qiroli Felipe va qirolicha Letisiyaning Valensiya mintaqasiga tashrifi chog‘ida ularga tuxumlar otdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Video: Reuters.com

Unga ko‘ra, qirol bosh vazir Pedro Sanches va viloyat gubernatori Karlos Mazon bilan birga Valensiya shahri tashqarisidagi og‘ir jabrlangan Paiporta shahriga tashrif buyurgan. Mahalliy aholi hukumatni 200 dan ortiq odamlar halok bo‘lgan tabiiy ofatga sust munosabatda bo‘lganlikda ayblab, ularni tuxumlar bilan «kutib olgan».

Ma’lumot uchun, hozirda toshqindan kamida 214 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi va raqamlar ortishi yana ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyadagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar haqida yozgan edik.

Shuningdek