Yangiliklar

Moldova prezidentlik saylovida g‘olib aniqlandi

Saylov byulletenlarining 98 foizi hisoblandi
Foto : RIA Novosti

Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 98 foiz saylov byulletenlari sanalgandan so‘ng, hozirda mamlakatning amaldagi rahbari Mayya Sandu yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sanduning dastlabki natijasi 54,35 foizni tashkil etdi.

Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, bu saylovlarda chet elda yashovchi Moldova fuqarolarining faol ishtiroki kuzatildi. Shu bilan birga, mamlakat ichida Sandu kam ovoz oldi: uning raqibi, sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo 51,2 foiz ovoz oldi.

52 yoshli Sandu o‘zining g‘arbparast pozitsiyasi bilan mashhur. U Moldovaning Rossiya ta’sir doirasidan chiqib, Yevropa Ittifoqiga (YI) qo‘shilishni istaydi. Stoyanogloni esa Moldovaning Rossiyaparast Sotsialistik partiyasi qo‘llab-quvvatlaydi.

Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, yozgi parlament saylovlarida nomzodlar o‘rtasidagi keskin raqobat tufayli Sandu partiyasi jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tganini yozgan edi. O‘shanda g‘olib aniqlanmagan edi. Shu kuni Yevropa integratsiyasi masalalari bo‘yicha referendum ham o‘tkazilib, Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish tarafdorlari biroz ustunlik bilan g‘olib chiqqan edi.