Yangiliklar

Oʻzbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi tasdiqlandi

Yoʻriqnoma tamaki va alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalarini berish, hisobga olish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi
Foto: SomeMeans / depositphotos.com

Oʻzbekiston Respublikasida tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.

Ta’kidlanishicha, yoʻriqnoma tamaki va alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalarini berish, hisobga olish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.

Unga koʻra, belgilanishi shart boʻlgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasiga ushbu shakldan foydalangan holda zarur miqdorda aksiz markalarini sotib olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Import qiluvchilar boʻlsa, bojxona qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga belgilangan shakldagi ariza beradi.

Aksiz toʻlanadigan tovarlarning quyidagi turlarini markalash majburiy emas:

  • eksport qilinadigan mahsulotlar;
  • bojxona toʻlovlarisiz savdo doʻkonlari uchun olib kiriladigan mahsulotlar;
  • koʻrgazmalar uchun (Hukumat ruxsati bilan);
  • xalqaro tranzit boʻyicha olib kiriladigan va chiqariladigan mahsulotlar;
  • jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan chegaralar ichida olib kiriladigan tovarlar.
  • Ushbu yoʻriqnoma aksiz tovarlarining nazoratini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mobil aloqa uchun aksizni bekor qilish taklif qilingani haqida xabar bergan edi.