Surxondaryo viloyatida ikkita turistik qishloq tashkil etildi

eʼlon qilindi
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra
Foto: Turizm qo‘mitasi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i va Denov tumanidagi Sina qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Marosimda viloyat va tuman hokimliklari vakillari, jamoatchilik hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Turistik salohiyati yuqori bo‘lgan bu qishloqlarda mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmoqda.

Tadbir doirasida «Boysun bahori» majmuasida tashkil etilgan «Olma festivali»da viloyatning turizm va bog‘dorchilikdagi imkoniyatlari namoyish qilindi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar arzonlashadi deb xabar bergan edi.

Shuningdek