Poytaxtda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi

eʼlon qilindi
Toshkent hokimi qaroriga asosan
Foto: Piqsels

Poytaxt hokimi qaroriga asosan, 2024-yil 5-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida markaziy isitish tizimlariga issiqlik berish boshlanadi. Obyektlarni issiqlik bilan bosqichma-bosqich ta’minlash 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Isitish tizimiga ulanishda muammolar yoki nosozliklar yuzaga kelganda, shuningdek, issiqlik ta’minoti xizmati koʻrsatuvchi tashkilotga murojaat qilish uchun 1055, 71-210-01-87, 71-210-01-41, 71-210-01-11, 71-210-01-63 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish yoki Toshkent shahar hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilsa bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi qozonxonalarning qariyb 13 foizi kapital ta’mirlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek