Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda 25,5 milliard so‘mlik loyiha ishga tushiriladi

Loyiha umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etadi
Foto: Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot xizmati / skrinshot

Qoraqalpog‘istonda Lider Gips loyihasi doirasida gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda respublika vazirlar kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, investitsiyalar hajmi 25,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Shundan $1,8 millioni xorijiy kredit asosida shakllantirilgan. Loyihaning umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etib, ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ma’lumot uchun, loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 2 mln kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurilishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.