Rossiyada migrantlar uchun yagona imtihon narxlari belgilash rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Hozirda ushbu narxlar qat’iy belgilangan emas
Foto: tatjanameininger / depositphotos

Migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxini belgilash taklif qilindi. Bu haqda tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida e’lon qilindi.

Hujjatda fuqarolik olish uchun rus tili hamda tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 2,95 ming rubl, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi – 5,9 ming rubl, ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun – 3,8 ming rubl qilib belgilangan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda ushbu narxlar qat’iy belgilangan narxlar emas, biroq imtihon o‘tkazadigan tashkilot bunday xizmat narxini hisoblab chiqadigan formulani belgilaydigan hukumat qarori mavjud.

Ma’lumot uchun, xizmat narxining maksimal miqdori ham belgilangan. Ushbu narxlar hozirda vazirlik tomonidan doimiy narx sifatida belgilash taklif etilayotgan miqdorlar bilan deyarli bir xil.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya parlamentining quyi palatasi noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jazolarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek