Yangiliklar

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi

Tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi
Foto: President.com

4-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlat rahbari 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqotda muhim masalalarni ko‘tarib, huquqiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni ko‘zdan kechirdi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanishi va ayrim moliyaviy jarimalar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, nizolarni hal qilishni yengillashtirish maqsadida, sudda ish yuritishda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishda esa «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali tekshiruvlar amalga oshiriladi va tadbirkorlarni 3 toifaga bo‘lgan holda, «Xavfni tahlil qilish» tizimi doirasida o‘tkaziladi.

Prezident bu choralarni huquqiy jihatdan takomillashtirish, ularning adolatli qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorliklarda tekshiruvlar oʻtkazilmasligi haqida yozgan edik.