Toshkent viloyatida oilaviy poliklinika barpo etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Viloyat hokimi qaroriga ko‘ra
Foto: littlekzaka@gmail.com / depositphotos.com

Nurafshon shahrining «Yangiobod» mahallasida qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonida kuniga 200 bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega oilaviy poliklinika qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Mazkur qarorni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan. Shuningdek, kelgusida qurilish ishlari olib boriladigan hududdagi muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish va muhofaza qilish tartibi ham belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar soliqlar hisobidan amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek