Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish uchun $54,4 mln miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mablag‘lar Fransiyaning Voltalia energetika kompaniyasining sho‘ba korxonasi Sarimay Solar kompaniyasiga taqdim etiladi. Asosiy kredit $44,8 mln.ni tashkil etadi va kompaniya joriy qurilish ishlarini to‘lash uchun maxsus kredit ko‘rinishida yana taxminan $9,8 mln pul o‘tkazadi. Kredit kafolati Yevropa Ittifoqining Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yevropa jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
Bank mutaxassislari kredit O‘zbekistonga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga va 2030-yilga borib yashil elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 25 GVtgacha kamaytirishga yordam berishiga umid qilmoqda.
Voltalia kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishni 2024-yilning may oyida boshlagan. Uning quvvati 126 MVtni tashkil qiladi. Stansiya hududdagi energiya iste’molining 11 foizini ta’minlashi va yiliga 116 ming tonna issiqxona gazlari chiqindilarining oldini olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratishi haqida yozgan edik.