Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin – Eron prezidenti

eʼlon qilindi
Prezidentning Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqiga tayanib, turk nashri xabar berdi
Foto: Aa.com

Eron prezidenti Masud Pezeshkianning aytishicha, Tehron o‘z mamlakatiga qarshi har qanday hujumga javob beradi, biroq Isroil mintaqadagi tajovuzini to‘xtatib, sulhga rozi bo‘lsa, bu javobning tabiati va ko‘lami o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Anadolu ajansi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Tehrondagi Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan Pezeshkian Isroil tomonidan tajovuz kuchayib borayotganiga urg‘u berdi. Uning eslatishicha, AQSh va Yevropa yetakchilari agar Eron Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyushtirilganiga javob qaytarmasa, G‘azoda sulh e’lon qilishga va’da bergan edi.

«Hukumatimizning birinchi kunidayoq Haniyaga suiqasd uyushtirib, sionistik rejim urush qozg‘atmoqchi bo‘ldi. Biz sulh o‘rnatish, begunoh ayollar va bolalarning o‘limini to‘xtatish umidida ba’zi davlatlarning maslahati bilan vazminlik ko‘rsatgan bo‘lsak-da, Isroil o‘z jinoyatlarini yanada kuchaytirdi», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilga zarba berish uchun kuchliroq qurollardan foydalanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek