Bir tonna propan narxi 800 ming so‘mga qimmatlashdi
Joriy yil 4-noyabr holatiga ko‘ra, propan narxi tonnasiga birdaniga 800 ming so‘mga qimmatlab, 9,6 mln so‘mdan oshdi.
Ba’zi shoxobchalarda propan yuqori 7,5 ming so‘m yoki 8 ming so‘m narxlarda sotilmoqda. Shuningdek, 80 markali benzin bilan ham shu kabi holat narxlar 8,2 – 8,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Biroq faqat poytaxtda UNG Petro shoxobchalariga chiqarilayotgan 6,9 ming so‘mlik 80 markali benzin bir soat ichida tugamoqda, deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.
«Ertadan boshlab havoning keskin sovushi fonida yoqilg‘i ta’minotidagi taqchillik va qimmatchilik yanada kuchayishi mumkin», — dedi iqtisodchi.
Bundan tashqari, birja 92 markali benzin bo‘yicha ham narxlarni bera boshladi. Ushbu turdagi benzin narxlari tonnasiga 11,8 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan oktabr oyida benzin narxi 1,5 foizga, propan narxi esa 1,2 foizga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi.