Farg‘ona vodiysida yangi baliq turi – Dzihunia pseudoamudarjensis topildi, deb xabar berdi O‘zA agentligi.
Fargʻona davlat universiteti ixtiolog olimlari biolog Baxtiyor Sheraliyev rahbarligida yangi baliq turlarini aniqlash va oʻrganish bilan shugʻullanib keladilar.
Olimning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo suv havzalarini tahlil qilish natijasida mintaqada yashovchi baliqlarning turlarini yanada chuqur oʻrganish zarurligi ma’lum boʻldi.
Dzihunia pseudoamudarjensis boshqa baliq turlaridan yonoq chizigʻidagi teshiklar soni, tumshugʻining nozik boʻlishi, orqa va qorin parralarining past boʻlishi hamda koʻzlari orasidagi masofaning kattaligi bilan farqlanadi.
O‘zbekistonlik olimlarning yangi tur haqidagi maqolasi «Zootaxa» xalqaro jurnalida chop etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va Rossiya ilmiy bo‘limlari qo‘shma tanlovlar tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.