Harbiy xizmatchining jarohati va o‘limi uchun sug‘urta to‘lovi miqdori belgilandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        75 mln so‘m beriladi
                    
                            
Oʻzbekistonda harbiy yoki favqulodda holat davrida harbiy xizmatchi halok boʻlgani, oʻq zarbasi olgani yoki nogironlik holatida beriladigan sugʻurta toʻlovi miqdori belgilandi. Bu haqda ILMA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, favqulodda holat yoki jangovar harbiy harakatlar davrida halok bo‘lgan, jarohatlangan yoki nogiron bo‘lib qolgan xizmatchilar uchun sug‘urta to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln so‘m) miqdorida to‘lanadi.
Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar ro‘yxatini kengaytirish va sug‘urta to‘lovini olish uchun hujjatlar ro‘yxatini soddalashtirishga oid o‘zgarishlar kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbekistonlik harbiylar xalqaro musobaqada yana zafar qozongani haqida yozgan edik.
