Oʻzbekistonda harbiy yoki favqulodda holat davrida harbiy xizmatchi halok boʻlgani, oʻq zarbasi olgani yoki nogironlik holatida beriladigan sugʻurta toʻlovi miqdori belgilandi. Bu haqda ILMA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, favqulodda holat yoki jangovar harbiy harakatlar davrida halok bo‘lgan, jarohatlangan yoki nogiron bo‘lib qolgan xizmatchilar uchun sug‘urta to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln so‘m) miqdorida to‘lanadi.
Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar ro‘yxatini kengaytirish va sug‘urta to‘lovini olish uchun hujjatlar ro‘yxatini soddalashtirishga oid o‘zgarishlar kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbekistonlik harbiylar xalqaro musobaqada yana zafar qozongani haqida yozgan edik.