«Invest finans bank»ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Iste’molchilarni chalg‘ituvchi reklama axboroti bo‘yicha
Foto: InfinBank

«Invest finans bank» AJning kredit xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi sabab jamiyatga nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamiyat Toshkent shahrida joylashgan LED monitorli reklama obyektlarida e’lon qilingan «50 000 000 tanishlarsiz, 50 kun foizlarsiz, 5 yilga, ta’til uchun, ta’mirlash uchun, texnika uchun» mazmunidagi reklama ma’lumotlari berilgan.

Mazkur reklama yuzasidan qo‘mita tomonidan o‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, Infin black kredit kartasi uchun 50 million so‘mgacha, 60 oyga, yillik 23,99 foizdan kredit ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu kredit kartadan naqd pul yechish ikki foiz, kartadan kartaga pul o‘tkazish esa bir foiz, alohida belgilanadigan foiz stavkasi yillik 25,55 foizdan 54,75 foizgacha ekanligi ko‘rsatilgan. Kredit bo‘yicha muhim shartlar va ma’lumotlar berilmagan.

Holat yuzasidan qo‘mita tomonidan tuzilgan maxsus komissiya «Invest finans bank» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan shu kabi holat yuzasidan «Davr Bank» moliyaviy jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek