Oʻzbekiston 100 yoshdan oshgan pensiya oluvchilar soni ochiqlandi

eʼlon qilindi
Shundan 121 nafari erkak boʻlsa, 369 nafar ayol kishilar hissasiga toʻgʻri keladi
Foto: Ukrolenochka / depositphotos.com

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, pensiya olayotgan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar soni 490 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, shundan 121 nafari erkak boʻlsa, 369 nafar ayol kishilar hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida 100 yoshdan oshgan pensiya oluvchilar Qashqadaryo (78 nafar), Surxondaryo (68 nafar) va Fargʻonada (51 nafar) viloyatlarida koʻpchilikni tashkil qiladi. Oʻz navbatida 100 yoshdan oshgan eng kam pensiya oluvchilar Navoiy (10 nafar), Sirdaryo (11 nafar) va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.

Poytaxt Toshkent shahrida esa 100 yoshdan oshgan pensiya oluvchilar soni 28 nafarni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda pensiya va ish haqi qanchaga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek