Prezident Bishkek shahriga yetib bordi
eʼlon qilindi
Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Manas» xalqaro aeroportida prezidentni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida ertaga davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan uchrashgan edi.