Qashshoqlik tufayli bolalarni mehribonlik uylariga berish to‘xtatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu "Qashshoqlikdan farovonlik sari" dasturida ko'zda tutilgan
Foto: Belchonock/Depositphotos.com

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, agar kam ta’minlangan oilalarning ota-onalari ish bilan ta’minlansa, bog‘cha xarajatlari qoplanadi. Bu «Qashshoqlikdan farovonlik sari» dasturida ko’zda tutilgan bo‘lib, unda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun oilaviy muhitni saqlash ustuvor vazifa bo‘ladi.

Bolalar homiylik yoki farzandlikka olish yo‘li bilan homiylikka beriladi, ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish esa oxirgi chora bo‘ladi.

Shuningdek, mehribonlik uylarida farzandlaridan voz kechishni rejalashtirayotgan ayollar uchun maxsus bo‘limlar tashkil etiladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Onalik ko‘nikmalariga o‘rgatiladi, kasb-hunarlarni egallashga ko‘maklashadi.

Bolalar homiylik ostidagi oilalarga topshirilgunga qadar «Inson» ijtimoiy markazlarida saqlanadi. Har bir bola uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi. Markazlar homiylik ostidagi oilalarda yashash sharoitlarini nazorat qiladi. Oilaviy mehribonlik uylarini tashkil etgan fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘ladilar va ularning bolalari o‘qishni tugatgunga qadar ta’lim xarajatlari qoplanadi.

Qo‘shimcha ravishda, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham sport sohasida yangi imkoniyatlar yaratiladi. 19 ta parasport turi bo‘yicha 25 ming nafar nogiron sport bilan shug‘ullanayotgani qayd etildi. Yangi tashabbus bilan «ERP-sport» elektron tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida hisobini yuritish orqali ularning imkoniyatiga mos sport turlari avtomatik ravishda aniqlanadi.

Bundan tashqari, nogironlar uchun jismoniy terapiya va reabilitatsiya markazlarida zamonaviy usullarni kengaytirish, adaptiv jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan sportchilarni moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan edi.

Shuningdek