Yangiliklar

Qirg‘izistonda yirik transmintaqaviy elektr uzatish liniyasi qurildi

CASA-1000 xalqaro loyihasi doirasida
Foto: Nesk.kg

Qirgʻiziston Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlovchi eng yirik transmintaqaviy elektr uzatish liniyasini yaratishga qaratilgan energetika infratuzilmasi ob’yektlarini qurishni yakunladi. Bu haqda mamlakat milliy elektr tarmog‘i ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyihada Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Pokistonto‘rt davlat ishtirok etmoqda. 2021-yildan buyon pudratchilar «Datka» nimstansiyasini kengaytirib, 456 km masofaga 1,2 mingdan ortiq ustunlar va osilgan simlarni o‘rnatdi.

Loyihaga asosiy infratuzilmani qurish bilan bir qatorda ijtimoiy investitsiyalar ham kiritilgan. Pudratchi tomonidan elektr tarmoqlari yangilandi, yangi ustunlar o‘rnatildi, elektr tarmog‘i bo‘yida joylashgan aholi punktlarida ijtimoiy ob’yektlar qurildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi elektr tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlar jalb etilishi haqida yozgan edik.