Shimoliy Koreya Yaponiya tomon bir nechta raketa uchirdi
Yaponiya bosh vaziri Isiba Sigeruning maʼlum qilishicha, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bir nechta ballistik raketani sinovdan oʻtkazgan. Bu haqda Yaponiyaning NHK agentligi xabar berdi.
Sigeruning ma’lumotlariga ko‘ra, barcha raketalar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga uchirilgan. Jabrlanganlar yoki zarar koʻrganlar haqida xabarlar yoʻq.
Bosh vazir «mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rish» va jamoatchilikni vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Kursiv Uzbekistan oktabr oyi oxirida Shimoliy Koreya uzoq masofaga uchuvchi raketani sinovdan o‘tkazgani haqida yozgan edi. Snaryadning uchish balandligi rekord darajaga yetdi. Bunga javoban Janubiy Koreya, Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari mintaqada harbiy-havo mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.