Pora olgan sport tashkilotchilari yoki ishtirokchilari sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
Sport sohasida qonunga xilof ravishda pora olish yoki pora berib og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu borada prezident tomonidan qonun imzolandi.
Qayd etilishicha, sport musobaqalari ishtirokchilari hamda tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki o‘zga tartibda mulkiy manfaatdor bo‘lishi Jinoyat kodeksining 2141 -moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ushbu harakatlarni sodir etganlarga nisbatan eng kamida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (2024-yil noyabr holatiga ko‘ra 18,7 mln — 375 mln so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu jinoyatni uyushgan guruh tarkibida yoki juda ko‘p miqdorda sodir etish BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha (112,5 mln — 225 mln) yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun Jinoyat kodeksining 2142 -moddasi bilan eng kamida BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (375 mln — 112,5 mln) jarimaga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, ushbu jinoyatni uyushgan guruh tarkibida yoki juda ko‘p miqdorda sodir etish 300 baravarda 600 baravargacha (112,5 mln — 225 mln) yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.