Joʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
eʼlon qilindi
2013 – 2016-yillarda u Xorazm viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan

Jo‘rabek Rahimov yettinchi chaqiriq xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasida Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida xabar berdi.
Rahimov 1981-yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 2013 – 2016-yillarda Xorazm viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida yozgan edi.