Yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning yangi muddatlari belgilandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni topshirishning aniq muddatlari toʻgʻrisida nizom qabul qilindi.
Maʼlum qilinishicha, BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay, MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisoboti esa hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikka koʻra, BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilish belgilangan boʻlib, endilikda tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida ushbu muddat 1-mart qilib belgilandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish oʻsib borishi haqida xabar bergan edi.