12 nafar Soliq qo‘mitasi xodimi ishdan haydaldi
eʼlon qilindi
31 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi
12 nafar soliq xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi va ishdagi xatolari uchun 31 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. Samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga ko‘ra, 14 nafar xodim unvoni pasaytirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan kamchilikka yo‘l qo‘ygan imom-xatiblar ishdan olingani haqida yozgan edi.