6-noyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Bugun, 6-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari har bir viloyatda yog‘ingarchilik kuzatiladi. O‘rtacha havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi va kun davomida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi va kechasi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Tuman tushadi va ba’zi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.