AQShdagi prezidentlik saylovi uchun $3,5 mlrd sarflandi – Financial Times
2024-yilgi prezidentlik saylovi AQSH tarixidagi eng qimmat saylov boʻlib, har ikki partiyadan saylovoldi kampaniya uchun $3,5 milliard sarflandi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Harrisning kampaniyasi Milliy qoʻmita va boshqa tashkilotlar orqali $2,3 milliarddan koʻproq mablagʻ yigʻgan va $1,9 milliard sarflagan. Tramp kampaniyalari esa $1,8 milliard yigʻib, $1,6 milliard sarflagan. Sarflangan mablagʻlarning katta qismi reklama va PR sohasiga ishlatilgan.
Xususan, joriy saylovda muhim rol o‘ynagan yettita shtatga $1,5 milliarddan ortiq mablagʻ sarflangan. Birgina Pensilvaniya shtatining oʻzida $400 milliondan koʻproq reklama xarajatlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, Tramp kampaniyasi uning sud ishlari uchun $100 milliondan ortiq mablagʻ sarflagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSHdagi Senat va Vakillar palatasi saylovida qaysi partiya yetakchiligi haqida xabar bergan edi.