AQShdagi prezidentlik saylovi fonida O‘zbekistonda bitkoin narxi $75 mingdan oshdi
AQShda prezidentlik saylovlari fonida O‘zbekistonda bitkoin kriptovalyutasining narxi $75 mingdan oshdi. Bu token uchun tarixiy rekord hisoblanadi.
Toshkent vaqti soat 11:40 holatiga ko‘ra, Uznex birjasida 24 soat ichida bitkoin narxi 7,42 foizga oshganini ko‘rish mumkin. O‘z navbatida, xorijiy kriptobirjalarda ham narxi o‘sishga erishdi. Binance platformasida 24 soat ichida bitkoin 8,8 foizga oshib, $74,6 ming tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa kriptovalyutalarning narxi ham sezilarli o‘sishga erishdi. Misol uchun, Uznex’da ethereum 7 foizga o‘sib, $2,6 mingga yetdi, toncoin 2,6 foizga oshib, $4,8 ni tashkil qildi.
Kriptovalyutalarning o‘sishiga Donald Tramp o‘zining saylovoldi dasturida kriptobiznesni qo‘llab-quvvatlashni saylovoldi chiqishlaridan birida va’da qilgani sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta bitkionning maksimal narxi joriy yilning martida qayd etilgan boʻlib, unda $73,77 mingga koʻtarilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bitkoin narxi deyarli $60 mingga koʻtarilgani haqida xabar bergan edi.