AQShda bo‘lib o‘tayotgan Senatga saylovda Respublikachilar partiyasi nazoratni o‘z qo‘liga oldi, Vakillar palatasi saylovida ham Respublikachilar yetakchi bo‘lib turibdi. Bu haqda NBC news axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Senatda Respublikachilar 51 ta o‘rinni, Demokratlar esa 41 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Vakillar palatasida ham vaziyat Respublikachilar foydasiga hal bo‘lishi mumkin. Ular 193 ta o‘rin bilan 157 ta o‘rinlik Demokratlarni ortda qoldirmoqda. Ma’lumot uchun, eng birinchi 218 ta o‘ringa ega bo‘lgan partiya g‘olib deb e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp oldinda: Respublikachilar allaqachon 246 ta ovoziga ega boʻlgan edi.