Buxoroda tadbirkor bir mlrd so‘mdan ziyod elektrni o‘g‘irladi

eʼlon qilindi
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan
Foto: AndreyPopov / Depositphotos

Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkor bir mlrd so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energoinspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1,94 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan maktab hududida ochilgan eshik-rom ishlab chiqaruvchi korxona 355,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek