Psixologik yordamga oid ma’lumotlar shaxsiy sir hisoblanib, shifokorning kasbiy sirini tashkil etadi

eʼlon qilindi
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi
Foto: PavelIvanov / depositphotos

Joriy yilning 5-noyabr kuni «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida» (O‘RQ-989-son) qonun qabul qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Psixologik yordam davlat organlari, xususiy tashkilotlar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan pullik yoki bepul asosda ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ushbu yordam ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ruhiy salomatligini saqlash va sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash uchun joriy qilinadi. Sohaviy tadqiqotlarga jalb etish faqat ixtiyoriy yozma rozilik bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur hujjatga ko‘ra, faqatgina psixologiya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lishadi. Qonunga ko‘ra, psixologik yordam natijalari va jarayonida olingan ma’lumotlar shaxsiy sir hisoblanib, shifokorning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

Bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish holatlariga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik joriy qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu qonun Senat  tomonidan joriy yil 20-sentabr kuni ma’qullangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek