Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib qayta tasdiqlandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        2022-yildan beri
                    
                            
Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qaror Samarqand shahar xalq deputatlari Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Umarov shahar hokimi lavozimida 2022-yil fevral oyidan beri ishlab kelmoqda. 2021-yil yanvar oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Kadastr agentligi direktori lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzax viloyatiga hokim tasdiqlangani haqida yozgan edi.
