Jizzax viloyatiga hokim tasdiqlandi
eʼlon qilindi
Lavozimda Ergash Saliyev qoldi
O‘zbekistonning Jizzax viloyatini so‘nggi yetti yil davomida boshqarib kelgan Ergash Saliyev ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.
Saliyev 1956 yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetida oliy ma’lumot olgan, Belarus davlat universitetining aspiranturasini tamomlagan.
2000-yillarda Saliev Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga rahbarlik qilgan. 2012-2016 yillarda Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlagan.
Saliyev 2016-yilda Arnasoy tumaniga, 2017-yilda esa Jizzax viloyatiga hokim etib tayinlangan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning Samarqand viloyatiga kim rahbar etib tayinlangani haqida yozgan edi.