O‘zbekistonning Jizzax viloyatini so‘nggi yetti yil davomida boshqarib kelgan Ergash Saliyev ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.
Saliyev 1956-yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetida oliy ma’lumot olgan, Belarus davlat universitetining aspiranturasini tamomlagan.
2000-yillarda Saliev Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga rahbarlik qilgan. 2012 – 2016-yillarda Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlagan.
Saliyev 2016-yilda Arnasoy tumaniga, 2017-yilda esa Jizzax viloyatiga hokim etib tayinlangan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning Samarqand viloyatiga kim rahbar etib tayinlangani haqida yozgan edi.