Toshkentda MMA bo‘yicha jahon chempionati start oldi
eʼlon qilindi
70 ta mamlakatdan sportchilar tashrif buyurgan
Kecha, 5-noyabr kuni Toshkentda aralash jang san’ati turlari (MMA) boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqaga 70 ta mamlakatdan sportchilar tashrif buyurgan bo‘lib, musobaqaning birinchi kunida barcha vazn toifalarida saralash bahslari oʻtkazildi.
Turnirning rasmiy ochilishi Humo Arena muz saroyida, 9-noyabr kuni soat 16:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan avgust oyida Toshkentda 2025-yilgi Osiyo oʻsmirlar oʻyinlari uchun Olimpiya shaharchasini jihozlash ishlari boshlangani haqida xabar bergan edi.