Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Mirziyoyev Trampning boy siyosiy tajribasi AQSH xalqaro nufuzini va iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
Tabrikda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik Trampning birinchi prezidentlik davrida 2018-yil may oyida Oq uyda o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng sezilarli rivojlangani qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti kelgusida ham ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar kengayishi, mintaqaviy hamkorlikning yangi loyihalar bilan boyishiga umid bildirdi.
«Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz», – deyiladi tabrikda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp nomzodiga 70 mln nafardan ortiq saylovchilar ovoz bergani hamda rasman Donald Tramp AQShning 47-prezidenti bo‘lgani haqida xabar bergan edi.