Toshkent ko‘chalaridan birida harakat cheklanadi
eʼlon qilindi
5-dekabrgacha
Yashnobod tumanida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi 2024-yil 5-noyabrdan yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari 5-dekabrgacha davom etadi. Shu vaqt mobaynida boshqa yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Temur Malik ko‘chasining ta’mirlash ishlari sababli yopilganini yozgan edi.