Yangiliklar

Tramp oldinda: respublikachilar allaqachon 246 ta ovoziga ega boʻldi

U Shimoliy Karolina va Jorjiya shtatlarida yetakchilik qilmoqda
Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Jorjiya va Shimoliy Karolina shtatlarida Kamala Xarrisni ortda qoldirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

The New York Times respublikachilarning katta ehtimol bilan gʻalaba qozonishini taxmin qilmoqda. Nashr prognoziga koʻra, Tramp gʻalaba qozonish uchun 302 saylovchining qoʻllab-quvvatlashini olishi mumkin. Gʻalaba qozonish uchun 270 yetarli boʻladi

Pensilvaniya, Michigan va Viskonsindagi ovoz berish natijalari respublikachi foydasiga hal bo‘ldi.

Saylov byulletenlarining yarmiga yaqini sanalgan Arizonada ovozlar deyarli teng taqsimlandi, Donald Tramp biroz oldinda. Kamala Xarris Kolorado va Nyu-Meksikoda yetakchilikka ega.

Ovozlarni sanash davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdagi prezidentlik saylovi fonida Oʻzbekistonda bitkoin narxi $75 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.