Yangiliklar

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar markaziy banklari kengashi tashkil etildi

Memorandum imzolandi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati Bishkek shahrida oʻtkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti doirasida Markaziy bank rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda regulyator ma’lum qildi.

Unga ko‘ra uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo markaziy banklar kengashini tashkil etish borasidagi Memorandum imzolandi.

Tadbir davomida Ozarbayjon Markaziy banki raisi Talex Kyazimov, Qozogʻiston Milliy banki raisi Timur Suleymenov va Turkiya Markaziy banki raisi Fatix Karaxan bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyorligi haqida yozgan edik.